Qabr ustidagi archa daraxtini bezash!
Assalomu alaykum! Aslida bu savolni sizlarga berishdan juda ham hijolatdaman lekin afsus bermasam bo‘lmaydi. Qarindoshlarimiz ichidagi ayollarga bu borada imkon qadar bilganimizcha tushuncha bersak ham bu ishdan qaytishmayapti, shuning uchun siz ustozlardan bu borada kengroq ma’lumot berishingizni va bu ishlar qanchalik notog‘ri ekanligi balki zararli ekanligini ham dalillari bilan tushuntirib berishingizga muhtojmiz. Bizni qarindoshlar orasidagi bazi ayollar yangi yil kelishidan chamasi 10 kun oldin, qabristonga borib o‘tib ketkan do‘da va buvilarimizni qabrlarini oldidagi archalarni zarlar va shunga o‘xshash narsalar bilan yasatib kelishadi. O‘tib ketkan insonlar uchun eng katta manfaat beradigon amalar haqida ma’lumotlarni ham qoshimcha qilib beringlar shoyad bu yo‘ldan qaytib to‘g‘ri yo‘lni tanlasar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu botil ish. Darhol tiyilsinlar. Marhumlar uchun eng manfaatlisi bu ularning farzandlaring solih-ibodatli bo‘lib o‘z-ota onalari haqqiga duoi xayr qilishlaridir. Sadaqa qilib savobini bag‘ishlash ham manfaatlidir. Har qanday solih amalni qilib savobini mayyitlarga bag‘ishlasa etadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:01 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar