Aroq ichgan tavbasiz o‘lsa
Assalomu alaykum! Ustozlar, aroq ichgan kimsa tavbasiz o‘lsa, qabrini oching yuzini qiblaga qarshi holatda ko‘rsangiz, meni o‘ldiring. Abdulloh ibn Mas’ud. Shu hadisni sharhini yoritib bera olasizlarmi? Tushunmadim-da
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yuzini qiblaga qarshi ko‘rsangiz emas balki ko‘rmasangiz deyilgan.
Mo‘min holda vafot topmagan insonlarni qabrda yuzini qibladan burib qo‘yiladi. Alloh taolo aroq ichishni butga sig‘inishga teng qilgan. Alloh taolo “Moida” suroasida marhamat qiladi : يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochar) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, zafar topsangiz.
Aroq ichishdan ham eng xatarlisi unga tavba qilolmasdan o‘lib ketishdir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning gaplari o‘shalarga tegishlidir. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 199 | Turli savollar