Quloqchin (naushnik) orqali namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Bir birodarimiz so‘rab berishimni iltimos qilgan edilar. Namozni boshlamoqchi ekanlar, lekin suralarni hali yodlay olmayapti ekanlar, hozir boshqa bir namozhonga iqtido qilib o‘qiyapti ekan, lekin har doim bunga imkoniyat bo‘lmagani uchun u kishi, naushnik orqali eshitib qiroat qilish haqida joiz degan gapni eshitibdilar, shuning uchun bu qanchalik haqiqat ekanini so‘radilar. Ya’ni namozni o‘rgangunicha suralarni quloqchin orqali eshitib o‘qishlik joizmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘rganib olguncha kitobga qarab o‘qib tursin. Ikki kichik sura yoki oyat yod olishga jiddu jahd qilsalar Alloh zehnlarini ochadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar