Erni o‘ziga isitish
Assalomu alaykum! Tanishimning eri o‘z xotinidan ko‘ngli qolgan, ya’ni boshqa bir ayol tanishimning erini o‘ziga issiq-sovuq qilib o‘qitib, qaratib olgan. Tanishim ham erini yo‘qotmaslik maqsadida erini o‘qitib, o‘ziga qaytarib olmoqchi. Aytingchi, oilasini buzilib ketmaslik, erini o‘ziga isitish maqsadida, issiq-sovuq qilsa dinimizda mumkinmi? Gunoh emasmi? Javoblar uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sehrgar va folbinlarga borib qilish mutloq harom. Yaxshi gap va xushmuomalalar va boshqa halol yo‘llar bilan qilsa bo‘ladi. O‘sha begona ayoldan nima topgan bo‘lsa o‘shani berishga harakat qilsin. Oilada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini joriy qilsin. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 230 | Oila va turmush