"So‘rovchilar" haqida

Assalomu alaykum muhtaram ustoz, shayx janoblari! Bir mo‘min ikkinchisiga "agar zakotingizni chiqarsangiz, menga bering, men haqdorman"-dedi. So‘raluvchini so‘rovchiga zakotini berishdan to‘sib turgan narsa, uning so‘rovchi ekanligi, xolos. So‘raluvchi zakotini iffatli, muhtojligini sezdirmaydigan boshqa bir haqdorga berish niyatida. Uning shu yo‘li to‘g‘rimi yoki so‘rovchiga ham bir ulush ajratish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- So‘rovchi haqdor bo‘lsa, unga ham bir ulush ajratsa bo‘ladi.

7 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar