Xayolga bema’ni narsalar kelishi

Assalomu alaykum! Avvalom bor savol berishda xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsam uzr. Birinchi marta savol berishim. Agar tahorat olib namozni o‘qib bo‘lgach, ko‘chada ketayotib ochiq-sochiq kiyingan qizlarga behosdan ko‘z tushib qolsa, ular haqida xayolga turli bemani narsalar kelishi tahoratni buzadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Orqa yoki oldindan biror narsa chiqmasa tahorat buzilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar