Ba’zida o‘zimni o‘ldirgim keladi

Assalomu alaykum! Men Instagramda bir domlanini maruzasida eshitdim. Unda bir inson ya’ni do‘stiga har doim yordam bergan do‘sti yordam so‘ragan vaqt jim jim yo‘q bo‘lib ketmasdan do‘stiga har doim yordam beradigan inson do‘zaxga 1 kunga ham 1 soatga ham 1 minutga ham tushmas ekan. Shu rostdan ham shundaymi shu haqida sahih hadislar bormi? 2. Ustozlar mening eshitishim past. Yaqinda ishga borib keldim uyoqda ham yoqtirishmadi yoshim 19ga kiraman yozda. Garang deb ko‘rsatmagan doktor qolmadi, hozir pravaga o‘qishga 083 tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida ham qulog‘im eshitishi pastligidan o‘tolmadim. Hozir uyga eski doktorga ko‘ringan xujjatlarni olishga ketyapman. Agar hujjatda ham doktor bo‘lmaydi seni eshitishing past deb yozib bersa moshina ham xaydolmas ekanman. Meni hech kim yoqtirmaydi, hatto ko‘p qarindoshlarim ham buvim, amakim, dadam. Nima qilsam bo‘ladi menga yordam beringlar. Hamma narsadan to‘yib ketdim, ba’zida o‘zimni o‘ldirgim keldi, lekin har doim Rasulullohning bir hadisi qutqarib qoladi. Kim o‘zini o‘ldirsa jannatga kirmaydi, Jannatga kirmagan odam meni ko‘raolmaydi va buyuk Allohning jamolini ham. Nima qilsam bo‘ladi qulog‘im tuzalishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu erda birinchi unutmaslik kerak bo‘lgan narsa bor. U ham bo‘lsa farzi ayn bo‘lgan ibodatlar. Namoz, ro‘za, zakot va hokazolar. Shularni ado qilmasdan shahid bo‘lib ketsa ham ularni tark qilganining azobidan qutilolmaydi. Farzi aynni ado qilgach hadislarda juda ko‘p amallarning fazilati bayon qilingan. O‘shalarni mahkam tutib umid qilish mumkin. 2). Tibbyotga murojaat qilasizda. Allohning imtihoni qancha qattiq bo‘lsa sabr qilganning evaziga beradigani ham ulkan bo‘ladi. Nega g‘am chekasiz? O‘zi bu dunyo vaqtinchalik bo‘lsa, evaziga beriladigan jannat abadiy bo‘lsa. Birni evaziga miliardni olish savdosi turgan bo‘lsa, savdoni qo‘ldan chiqarmang. Sizni g‘amingizga shayton sabab bo‘ladi. Chunki u bu g‘amingizni evazi ulkan ekanligini yaxshi biladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:10 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar