Nogiron odamning tahorat olishi

Assalomu alaykum! Men birinchi guruh nogironiman, namoz o‘qish uchun tahorat olish muammo. Chunki qo‘lim yaxshi ishlamaydi, hojatxonada najas tekkan joylarni kesak bilan tozalayman, yana tahorat olish uchun suv bilan ham yuvib tozalashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar najosat chiqqan joyida piyolaning orqasi miqdoridan katta joyga yoyilib ketsa suv bilan yuvish kerak bo‘ladi. Tahorat oldiradigan odam bo‘lsa, albatta tahorat qildiradi. Agar unday yordam beruvchi bo‘lmasa yoki tahorat olish umuman imkonsiz bo‘lsa, unda tayammum qilinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar