Ne’matlardan so‘ralish

Assalomu alaykum! Rosulalloh solallohu alayhi vasallam va Abu Bakr, Umar qaylula vaqtida och holda ko‘chaga chiqqanliklari va bir sahobiyni uyiga mehmonga borib u erda taomlanishganliklari haqidagi mashhur hadis bor edi. O‘sha hadisda "mana shu ne’mat haqida albatta so‘ralasizlar", degan gaplari bor. Bu so‘ralish qiyomatda, shu ne’matni shukrini ado etdimi yo‘qmi, deb tushuniladimi? Ya’ni ne’matning shukri, "o‘sha ne’matni avvalo halol yo‘l bilan kelgan bo‘lishi, so‘ng u ne’matga hamd aytish va bu Allohdan ekanligini e’tirof qilish, va bu ne’matni Alloh hohlagan o‘ringa sarf qilish", bo‘ladimi? Yana bir hadisda Rosulalloh sollalohu alayhi vasallam " molni qanday topgani va qaerga sarf qilganligi" haqida har bir banda so‘ralishi haqida aytib o‘tganlar. Bu erda harom yo‘l bilan bo‘lsa, tarozini gunoh pallasiga qo‘shiladi, halol bo‘lsa savobga qo‘shiladi. Qaerga sarf qilgani ham shunday bo‘ladi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar