Go‘shtga o‘ynalgan kassa qarz bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! 2013-yilda 2 farzandimizga xatna to‘yi qilgandik. O‘sha to‘yda xo‘jaynimning sinfdosh jo‘ralarining ayollari xam kelishgan va 0,5kg go‘sht pulidan to‘yona olib kelishgan edi. To‘ydan keyinoq biz u joydan ko‘chib ketgandik. Er xotin ishda bo‘lib ko‘p to‘ylarga rizqimiz qo‘shilmagan ekan borolmadik. Yaqinda bir to‘yga borsam "Siz kelolmagan to‘ylardan qarz bo‘lib qoldingiz" deyishdi. Men "Menga necha kishiga pul berishimni aytib berarsizlar" deb, shu oldi berdilarga o‘ylanib qoldim. Men buni o‘sha paytdagidek ya’ni 12ming bersam ularga kam bo‘lib ko‘rinsa, ko‘paytirib bersam ribo bo‘lsa, shunga boshim qotdi. Savolim quyidagicha: Yana 3ta o‘g‘il uylaymiz. To‘yona aslo olmasligimiz kerakmi? Olmasangiz dillari ranjisa olsangiz mana bunday xijolatpazlik bo‘lsa qanday yo‘lni maslaxat berasizlar? Men kassaligidan xabarim yo‘q berishgan pulni endi qay xolatda qaytarishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo olmang, chunki u o‘zingiz bilgandek qarz ekan. Kutib olishga boshqalar kutib olsin, o‘tirishgach xush kelibsizlar deb beradiganini olmang. Eng yaxshisi o‘sha olganlaringizga yarim kilodan go‘sht olib borib bersangiz malomatidan ham qarzingizdan ham qutilasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar