Tilla tugma
Assalomu alaykum! Marxama va uning o‘g‘li Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oldilariga borganda, u zotni ustida tilla tugmali debojdan tikilgan yaktak chopon bor edi! Bu tilla xarom qilinishidan oldingi xolat ekanligini bildim. Bazi vaqtlarda saxobalar bilan bitta xurmoni 7ta odam bo‘lib egan vaqtlari bo‘lgan ekan. Ko‘p rivoyatlarda keladi egani faqat suv va xurmo bo‘lgan vaqtlarini Shunaqa odiy xayotda yashashganlar! Payg‘ambarimiz alayxisalomda kiymining tugmasini tilladan qiladigon darajada boyligi bo‘lgan vaqtlari xam bo‘lgan ekanda, to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga butun dunyo hazinalarining ixtiyori berilgan. U zot qabul qilmaganlar. Qo‘llariga tushgan har qancha boylikni tarqatib yuborganlar. Bu degani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda qimmatbaho kiyim yoki ulov bo‘lmagan degani emas. Dunyo podshoxlari tinmasdan hadiyalar jo‘natib turishgan. U zot buni qabul qilishlarini podshoxlar o‘zlariga sharaf deb bilishgan. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar