Xadis sharhi

Ustoz! Sizdan bir xadisni tekshirib berishingizni iltimos ilmoqchi edim, "Ibn Abbos (r.a.) Rosululloh (s.a.v.) dan rivoyat qiladilar: “Alloh taolo Odam (a.s.) ning tavbasini Zulhijja oyining birinchi kunida qabul qildi. Bu kunda kim ro‘za tutsa, Alloh uning barcha gunohlarini kechadi. Ikkinchi kuni Yunus (a.s.) ning tavbasi qabul qilindi va baliq qornidan eson – omon xalos bo‘ldi. Har kim bu kunda ro‘za tutsa, Alloh hech kam – ko‘sti bo‘lmagan bir yillik toat – ibodatning savobini o‘sha bandaning nomai a’moliga yozadi. Zulhijjaning uchinchi kuni Alloh Zakariyo (a.s.) ning duosini qabul qildi va Yahyo (a.s.) ni unga in’om etdi. Ushbu kun ro‘za tutganlarning duolarini Alloh taolo mustajob etadi. To‘rtinchi kuni Iso (a.s.) tavallud topdi. Bu kunda ro‘za tutgan kishidan Alloh faqirlikni ketkazadi. Beshinchi kuni Muso (a.s.) tug‘ilgan kun bo‘lib, bu kuni ro‘za tutgan bandani Alloh munofiqlikdan saqlaydi. Zulhijjaning oltinchi kuni Xaybar fatx etildi. Shu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo hurmat nazari bilan qaraydi va uni bundan keyin azobga solmaydi. Ettinchi kuni do‘zax eshiklari yopilib, o‘n kunlik tugamagunicha ochilmaydi. Bu kuni ro‘za tutgan kishidan mashaqqatning uch eshigi yopilib, osoyishtalikning o‘ttiz eshigi ochiladi. Sakkizinchi kuni “Talbiya” deyiladi. Bu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo shuncha mukofot ato etadiki, uning hisobini O‘zidan boshqasi bilmaydi. To‘qqizinchi kuni arafa kuni bo‘lib, bu kunda ro‘za tutgan bandaning ikki yillik – avvalgi va kelgusi yilgi gunohlari mag‘firat qilinadi. Va nihoyat, o‘ninchi kuni qurbonlik kunidir. Bu kunda kim qurbonlik qilsa, Alloh taolo qurbonlik qonining har qatrasi barobarida uning va ahli oilasining gunohlarini kechiradi”." Javob uchun oldindan tashakkur Alloh umringizni ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday hadis borligini bilmayman.

2 May 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 154 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar