Shamollaganda namoz o‘qisa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Shamollaganda namoz o‘qisa burundan suv oqishi taxoratni buzmaydimi? Ro‘za tutganda burin qonasa tutgan ro‘zasi sinadi deyilgan. Shamollagandachi, burundan suv oqsa tutilgan ro‘za sinmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Burundan qon oqsa ham ro‘za ochilmaydi, suv oqsa ham ochilmaydi. Boshni yuqoriga qilib qonni ichkariga yutmasangiz bo‘ldi. Namozda ham katta dastro‘molchani elkangizga tashlab olib burun oqqanda bemalol artib davom ettiraverasiz. Bu ish namozni ham ro‘zani ham buzmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 256 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar