Korporatsiya

Assalomu alaykum! Avvalam bor Alloh yo‘lida qilib turgan ishlaringizga omad tilayman. Bir birodarim manga shifobaxsh dorilar korporatsiyasiga ish taklif qildi. Unda biz a’zo bo‘lish uchun ma’lum bir summa to‘lashim kerak va a’zo bo‘lgandan keyin izimizdan yana odam topib a’zo qilishimiz kerak ekan va ana shu a’zo bo‘lgan odamlar to‘lagan pulda 15% bizga keladi ekan. Qancha ko‘p odam olib kelsa shuncha ko‘p pul ishlasa bo‘ladi ekan. Axir bu sudxo‘rlikka kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sudxo‘rlikka kiradi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar