Arvoxi pir marosimi
Assalomu alaykum! “Izlash xizmati”dan izlagandim arvohi pir bo‘yicha birgina savol-javob chiqdi. Unga “kasb yuzasidan ustozlarga atab arvohi pir qilsam bo‘ladimi?” deb so‘ralgan ekan. Sizlar “ustozlarni eslab duo qilsa bo‘ladi”, debsizlar. Ota-onani arvohi shod bo‘ladi va qo‘llaydi degan e’tiqodda arvohi pir marosimini juda ko‘p musulmonlar har yili qilishadi. Bu e’tiqodda o‘tkazish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mutlaqo joiz emas. Shariatimizda savobli ishni qilib savobini o‘tganlarga bag‘ishlash hadislarda ham kelgan. Ammo arvohlarni qo‘llaydi degan e’tiqodda bo‘lish bu mutlaqo noto‘g‘ri, shirk darajasigacha etib qolishi ehtimoli bor. Ustozimiz rahimahulloh u javobda kasb o‘rgatgan ustozining haqqiga undan madad so‘ramasdan duoi xayr qilsa bo‘ladi deganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 175 | Administrator