Zakot qiymati

Assalomu alaykum! 2020 yil uchun zakot miqdori belgilangani xaqida ma’lumot oldim. U erda bir yil davomida 21 250 000 (yigirma bir million ikki yuz ellik ming) so‘mdan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni zakot sifatida kambag‘al va faqirlarga berishi farz ekanligi aytilgan. Ushbu summa bir yil davomida deyilgani men uchun tushunarsiz ya’ni, bir yil davomida oladigan oyligim bu summadan o‘tishi aniq. Ya’ni xar oy 5 mln sum atrofida oylik bo‘lsa bir yilda taxminan 60 mln so‘m bo‘ladi. Farqi shuki bu oylik ish xaqimiz xar oy xar xil summada beriladi. Bundan tashqari jamg‘arib boradigan pulim xam bor u summa xam 15 mln atrofida. chunki oylik to‘lanadigan istemol kreditlarim xam mavjud. Savol shuki bunday xolatda zakot berish farzmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 151 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar