Savdoni buzish

Assalomu alaykum! Isharingizga rivoj bersin. Men bir insonga mashinamni 1 yil muddatga “qilib berish sharti” ila sotgandim. U odam ham mendan olib, boshqa odamga mendan olganidan qimmatroqqa 3 yilga bergan. Mendan olgan odam pulini ishlatib qo‘ygani uchun bera olmadi. Endi undan mashina olgan odam, menga 3 yilda 1 yilga kelishilgan narxdan ko‘proq qilib bermoqchi. Shu savdo joizmi? Avval kelishilgan narxdan ko‘p olishim xuddi muddatni uzaytirib ustiga pul qo‘shilgandek tuyulmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu savdo joiz emas. Sizdan olgan odam mashinani boshqasiga sotganidan keyin unda sizni mutloq haqqingiz qolmaydi. Ya’ni qaytarib ham ololmaysiz, savdoni ham buza olmaysiz. Vallohu a’lam. (Agar bu masalada batafsil bilmoqchi bo‘lsangiz fiqh.uz saytidagi "Moliyaviy muomalalar" bo‘limidan ko‘rsangiz bo‘ladi.Administrator)

26 May 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar