Otaning bolani uylantirishga qarshiligi

Assalomu alaykum! Men yoshim 24 ga to‘ldi. Universitetni bitirdim Alxamdulillax. Qo‘limda kasbim bor, oilani moliyaviy ta’minlashga Alloh taolo fazli bilan qodir qilgan. Ya’ni uylanishga uy-joy bor ziynatga to‘la bo‘lmasa xam o‘rtaxol. Endi uydigilar uyni remont qilish kerak u qilish kerak bu qilish kerak deyishyapti to‘ydan oldin. Shu uyni deb sovchilikga yurish xam to‘xtab qolgan. Men o‘zimni uylanish vojib darajasiga etgan deb xisoblayman, chunki ko‘chada ishga, o‘qishga borib kelasiz xar xil xolat bo‘ladi, xozirgi kunda bilasiz juda qiyin bo‘lib qoldi ko‘chada yurish erkak kishiga ya’ni shayxvoniy taraflama. Qisqasi shu, uylanish xam ortga surilgan sari surilyapti, shu qanchalik to‘g‘ri? Men-ku qiziqmayman ziynatga, kulbada oldingi odamlar xam yashashganku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizga gapi o‘tadigan qarindosh urug‘larni o‘rtaga soling. Ular tushuntirib yordam qilishsin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:28 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar