Namozda ruku qilganlarni belidan pasi ko‘rinib qolsa
Assalomu alaykum! Juma namoziga borganimizda ba’zi bir birodarlarimizning ruku qilganida orqasi ochilib qoladi. Biz orqangiz ochilib qolyapti desak xafa bo‘lishadi. Orqasida turganlarning tahorati buzulmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zini namozi namoz bo‘lmaydi. Orqada turganlarga shunchalar sharmandalik bir manzara ko‘rinadiki o‘sha ochilib qolgan joyi sichqonning kovagiga o‘xshaydi. Avratni bekitish «Avrat» insonning uyat joyi ma’nosini bildirib, uni to‘sib namoz o‘qish lozim. Bo‘lmasa namoz bo‘lmaydi.
Alloh taolo: وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ «Ey Odam bolalari har bir masjid huzurida ziynatingizni oling».
«Va kiyimingni pokla!!!», degan. (Muddassir: 4)
Sharh: Bu oyatdagi ziynatingizni oling, degan amr avratingizni to‘sing, ma’nosidadir. Shuning uchun avratni to‘sish namozning shartlaridan biri bo‘lib qolgan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَامَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَأَلَهُ عَنِ الصَّلَاةِ فِي الثَّوْبِ الْوَاحِدِ، فَقَالَ: أَوَكُلُّكُمْ يَجِدُ ثَوْبَيْنِ؟. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib turdi-da, bitta kiyimda namoz o‘qish haqida so‘radi. Bas, u zot:
«Hammangiz ham ikki kiyim topa olarmidingiz?» dedilar».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Bu rivoyatdan erkak kishi avratini to‘sib turadigan bitta kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘lishi kelib chiqadi. Agar ko‘ylak ham, ishton ham bo‘lsa yanada yaxshi. Ammo bitta bo‘lsa ham joiz.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘rovchiga,
«hammangiz ham ikki kiyim topa olarmidingiz?» deyishlaridan o‘sha paytda sahobai kiromlarning kiyimlari etarli bo‘lmagani ko‘rinadi. وَزَادَ الْبُخَارِيُّ: ثُمَّ سَأَلَ رَجُلٌ عُمَرَ فَقَالَ: إِذَا وَسَّعَ اللهُ فَأَوْسِعُوا، جَمَعَ رَجُلٌ عَلَيْهِ ثِيَابَهُ صَلَّى رَجُلٌ فِي إِزَارٍ وَرِدَاءٍ، فِي إِزَارٍ وَقَمِيصٍ، فِي إِزَارٍ وَقَبَاءٍ، فِي سَرَاوِيلَ وَرِدَاءٍ، فِي سَرَاوِيلَ وَقَمِيصٍ، فِي سَرَاوِيلَ وَقَبَاءٍ، فِي تُبَّانٍ وَقَبَاءٍ، فِي تُبَّانٍ وَقَمِيصٍ، وَأَحْسِبُهُ قَالَ فِي تُبَّانٍ وَرِدَاءٍ Buxoriy ziyoda qiladi:
«So‘ngra bir odam Umardan so‘radi. Bas, u:
«Qachon Alloh keng qilsa, sizlar ham keng bo‘linglar. Odam kiyimlarini o‘zicha jam qildi. Odam lungi va rido bilan, lungi va ko‘ylak bilan, lungi va qabo bilan, ishton va rido bilan, ishton va ko‘ylak bilan, ishton va qabo bilan, tubbon bilan, qabo bilan, tubbon va ko‘ylak bilan, menimcha, yana tubbon va rido bilan namoz o‘qiyveradi», dedi».
Sharh: Bu savol hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida berilgan bo‘lsa kerak. U kishi roziyallohu anhu kiyim qanchalik yaxshi bo‘lsa, namoz uchun shunchalik yaxshiligini bayon qilib bermoqdalar.
Bu rivoyatda o‘sha paytda keng tarqalgan kiyimlarning nomlari zikr etilmoqda.
«Lungi» erkak kishi belidan pastiga tutib oladigan choyshabga o‘xshash narsa, arabchada «izor» deyiladi. Bu kiyim issiq o‘lkalarda keng tarqalgan.
«Qabo» oldi ochiq yaktakka o‘xshash uzun kiyim.
«Tubbon» avrat joyinigina to‘sadigan kalta ishtonga o‘xshash kiyim.
Umumiy tavsiya bo‘yicha namozga pok, avratni to‘sadigan kiyimlar bo‘laveradi. Iloji boricha, yaxshi kiyimlar bo‘lsa yanada yaxshi.
Yuqorida o‘tgan:
«Ey Odam bolalari, har bir masjid huzurida ziynatingizni oling» degan oyatni ba’zi kishilar eng ziynatli kiyimlarni kiyish, deb tushunganlar va namoz uchun alohida ko‘rkam kiyimlar tiktirib qo‘yishgan.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birortangiz kiyimidan elkasiga bir ozni qilmay turib namoz o‘qimasin», dedilar».

Sharh: Bu rivoyatdan kiyimning bir qismi elkada turishi tushuniladi. Albatta, o‘sha vaqtdagi kiyimlar haqida so‘z borayotgani aniq. U vaqtda kiyimi ozligidan qiynalishgan. Demak, hozirda iloji boricha yaxshi kiyim ila namoz o‘qishga harakat qilmog‘imiz lozim. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي فِي ثَوْبٍ وَاحِدٍ مُتَوَشِّحًا بِهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bir kiyimga o‘ranib, ikki tarafini elkalariga tashlab olib namoz o‘qiyotganlarini ko‘rdik».
Ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Sharh: Demak, ana shundoq qilib ham namoz o‘qish joiz.عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أُهْدِيَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَرُّوجُ حَرِيرٍ فَلَبِسَهُ فَصَلَّى فِيهِ، ثُمَّ انْصَرَفَ فَنَزَعَهُ نَزْعًا شَدِيدًا كَالْكَارِهِ لَهُ وَقَالَ: لَا يَنْبَغِي هَذَا لِلْمُتَّقِينَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ipak farruj hadya qilindi. Bas uni kiyib namoz o‘qidilar. So‘ngra burilib, xuddi uni yomon ko‘rgandek shiddat bilan echdilar va:
«Bu taqvodorlarga to‘g‘ri kelmaydi», dedilar».
Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Sharh: «Farruj» – oldi ochiq yaktakka o‘xshash kiyim. Nabiy sollallohu alayhi vasallamga turli o‘lka va diyorlardan kiyimlar hadya qilingan. Uncha ko‘p bo‘lmasa ham shunga o‘xshash ba’zi hadyalar bo‘lgan. Misr, Yaman va habashistondan hadya qilingan kiyimlarni kiyganlari ma’lum.
Bu rivoyatdagi «farruj» ham ajamlarning ki-yimlaridan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni kiyib namoz o‘qiganlar-u, ammo keyin undagi kamchiliklarni mulohaza qilib, darhol echganlar va bundoq kiyimni kiyish taqvodorlarga to‘g‘ri kelmasligini aytganlar.
O‘sha «farruj» ipakdan bo‘lgani va unda namoz vaqtida e’tiborni jalb qiladigan narsalar borligi uchun darhol echganlar.
Demak, namozda ana shundoq kiyimlarni emas, shariat ko‘rsatmalariga mos kiyimlarni kiygan ma’qul.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْفَخِذُ عَوْرَةٌ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Son avratdir», dedilar».
Buxoriy, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilgan.
Sharh: Erkak kishining soni avrat sanaladi, uni to‘sib yurishi farz. Namozda to‘sishi, albatta, shart. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَكْشِفْ فَخِذَكَ وَلَا تَنْظُرْ إِلَى فَخِذِ حَيٍّ وَلَا مَيِّتٍ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ وَالْبَزَّارُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Soningni ochma, tirikni ham, o‘likni ham soniga qarama», dedilar».
Abu Dovud, al-Hokim va al-Bazzolar rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisda ham sonning avrat ekani ta’kidlanmoqda. Kishi o‘z sonini ochmasligi, xoh tirik bo‘lsin, xoh o‘lik bo‘lsin soni ochiq odamga qaramasligi uqdirilmoqda. Shundoq ekan, sonni namozda bekitish, albatta, zarur bo‘ladi.عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا زَوَّجَ أَحَدُكُمْ خَادِمَهُ عَبْدَهُ أَوْ أَجِيرَهُ فَلَا يَنْظُرْ إِلَى مَا دُونَ السُّرَّةِ وَفَوْقَ الرُّكْبَةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالدَّارَقُطْنِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosidan roziyallohu anhum rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon biringiz xodimini, qulini yoki mardikorini uylantirsa, uning kindigidan pastiga va tizzasidan yuqorisiga nazar solmasin», dedilar.
Abu Dovud, Dora Qutniy va Bayhaqiylar rivoyat qilgan.
Sharh: Bundan xodim, qul va mardikorlarni past sanab avratiga qarasa bo‘laveradi degan xulosaga borish noto‘g‘ri ekani tushuniladi. عَنْ مَيْمُونَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي عَلَى الْخُمْرَةِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam xumraning ustida namoz o‘qir edilar».
To‘rtovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Xumra – xurmoning bargidan qilingan kichik joynamoz. Bundan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning joynamozlari sodda bo‘lganini bilib olamiz. عَنْ أَنَسِ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَزُورُ أُمَّ سُلَيْمٍ فَتُدْرِكُهُ الصَّلَاةُ أَحْيَانًا فَيُصَلِّي عَلَى بِسَاطٍ لَنَا وَهُوَ حَصِيرٌ نَنْضَحُهُ بِالْمَاءِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَاللَّفْظُ لِأَبِي دَاوُدَ. وَفِي رِوَايَةٍ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي عَلَى الْحَصِيرِ وَالْفَرْوَةِ الْمَدْبُوغَةِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ummu Sulaymni ziyorat qilar, ahyonda namoz vaqti bo‘lib qolsa bizning erga solib qo‘ygan narsamizda namoz o‘qir edilar. U bo‘yra bo‘lib, ustidan suv sepib turar edik».
Beshovlari rivoyat qilgan. Lafz Abu Dovudniki.
Boshqa rivoyatda:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bo‘yra va oshlangan teri ustida namoz o‘qir edilar», deyilgan.
Sharh: Bu rivoyatlardan erga solib qo‘yilgan narsa, bo‘yra va oshlangan teri ustida namoz o‘qish to‘g‘riligini bilib olamiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 02:48 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar