Imom qasr qilib o‘qisa

Assalomu alaykum! Xufton namozida imom musofir bo‘lib, 4 rak’atli namozni 2-rak’at  qasr qilib o‘qib berdi. Iqtido qilganlar esa 3-4 rak’atni o‘zlari o‘qib olishdi. Namozdan so‘ng bir tanishim 3-4 rak’atga “Fotiha” surasi o‘qilmaydi, bir oz muddat qiyomda turilib sajdaga boriladi dedi. Haqiqatdan ham 3-4 raqatga Fotiha surasi o‘qilmaydimi? O‘sha namozni qayta o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U namozni qayta o‘qish shart emas. “Iqtido qiluvchi qiroat qilmaydi” qoidasiga binoan musofirga iqtido qilgan mo‘qim 3-4-rak’atlarda qiroat qilmaydi. Qiroat qilish bilan namoz buzilmaydi ham, sajdai sahv ham vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 173 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar