Qo‘shib olingan er-mulk savdosi
Assalomu alaykum, muxtaram Shayx Hazratlari.Uy-joy savdosida uchragan, ruxsat olmay erni qo‘shib olingan, ikki holat haqida savolim bor edi. 1) O‘rtog‘im uylari ro‘parasidagi hovlini sotib olgan. U uy biz 15 yasharlar atrofidaligimizda yangitdan berilgan erga qurilgan. Shu tufayli o‘rtog‘im bu uy egasining ikki tarafdan ham erning ko‘chaga tashlab ketilgan qismidan anchagina qo‘shib olganligini biladi va bu uy hujjatlarida ham umuman aks ettirilmagan. Lekin sotib olgach, aynan shu qo‘shilgan erning ustiga yangi imorat qurdi. Bu holatda o‘rtog‘im uyning oldingi egasi qilgan xatoni yanada kuchaytirganligi uchun gunohkor bo‘ladimi? 2) Bir e’lon bo‘yicha ko‘rsatilgan manzilga uy sotib olish maqsadida bordik. U erning egasi e’londa ko‘rsatilgan maydondan taxminan yarmi haqikatda o‘zining uyi va qolgan qismi esa qo‘shib olingay joy ekan. Lekin bu qo‘shilgan er ko‘cha sifatida foydalaniladigan er bo‘lmay, balki shu uyni uch tarafdan yoysimon o‘rab turgan joy ekan. Shu sababli qo‘shimcha er ham davlat kadastri hujjatlarida shu hovliga biriktirilib, "ruxsatsiz qo‘shib olingan qismi" deb ko‘rsatib o‘tilipti. Mutaxassislardan surishtirsak, ular "Bu erni hokimiyat qarori bilan qo‘shtirib olsa bo‘ladi, chunki boshqa odamga yashash joyi yoki tashkilot qurib bo‘lmaydi va qo‘shnilar ham da’vogar emas ekanlar", deb fikrlarini bildirishdi. Lekin uy egasi "Meni hujjat qilib yurgani vaqtim yo‘q, sotib olinglar va keyin o‘zlaring qo‘shtirib olaverasizlar", deyapti. Shu erni sotib olsak va hokimiyat qarorini chiqarib bersa, ko‘cha haqidan qo‘shib olgan maqomida bo‘lmaymizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hukumat ruxsat bersa, ikki holatda ham joiz bo‘ladi.
7 May 2022, 04:04 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hukumat ruxsat bersa, ikki holatda ham joiz bo‘ladi.
7 May 2022, 04:04 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat