Aloxida uyga ko‘chib chiqish
Assalomu alaykum! Bu savolni berishdan oldin Zikr axlidan so‘rangda xar xil savollar bilan tanishib chiqdim. Ota-ona roziligi Alloxning roziligi ekani xaqida, sevishganlar uchun nikoxga o‘xshagani ko‘rilmaganligi va kelinning qaynota va qaynonadan bo‘lak yashashni so‘rashga xaqqi borligi xaqida tanishib chiqdim. Xozirgi xolatni tushuntirsam. Xozir bir xonadonda Ota-onam, akam oilasi bilan va men yashaymiz. Yaqin orada uylanmoqchiman, men ko‘ngil qo‘ygan bir qiz bor, qizning xam menda ko‘ngli bor. Uning oilasida o‘g‘il farzand yo‘q, qizning ota-onasi ajrashgan va to‘ydan so‘ng qizning onasi yolg‘iz qoladi(onasining yoshi katta) vaqti bemaxal qizning onasiga qarov kerak bo‘ladi. Qiz onasining uyiga tez-tez borib turishi kerak lekin qaynota-qaynonaning oldida xadeb onasining uyiga boraverishi orada xar xil gap-so‘zlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shularni xisobga olgan xolda to‘ydan 1-2 yil o‘tgandan so‘ng ota-onamdan aloxida yashashga ruxsat so‘rasam (qiz xam shuni so‘rayapdi) ota-onam rozilik berishmayapti. To‘ydan keyin biz bilan yashaysan seni olib qolamiz akangni aloxida chiqaramiz deyishyapti. Agar aloxida chiqib ketmoqchi bo‘lsang biz rozi bo‘lmaymiz va toy xam bo‘lmaydi deyishyapti. Bilaman ota-onaning roziligi jannat kaliti xisoblanadi. Savol: 1.Bu xolatda qanday yo‘l tutgan maqul? 2.Ota-ona rozi bo‘lmasa xam aloxida uyga ko‘chib chiqish mumkinmi? Ularni roziligisiz aloxida chiqsam gunoxkor bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatni siz yaxshiroq bilasiz. Ota onani xizmatini, hurmatini qilish lozim. Birga yashalmasa ham. Vallohu a’lam!
1 Oktabr 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatni siz yaxshiroq bilasiz. Ota onani xizmatini, hurmatini qilish lozim. Birga yashalmasa ham. Vallohu a’lam!
1 Oktabr 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush