Dajjol hozir Yaman orolidami?

Assalomu alaykum! Xozirda telegram kanallarida "dajjol xozirda Yaman orolida kishanband" deyishyabdi va bunga ko‘plab xadislar keltirishyabdi. Shu to‘g‘ri gapmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dajjolni borligi aniq, bir kuni chiqishi ham aniq, lekin aynan qaerda ekanligi aniq emas. Buni bilish yoki bilmaslikda ham foydasi yo‘q. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan narsa uning fitnasidan panoh so‘rab duo qilishimizdir. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا فرغ أحدكم من التشهد الأخير فليتعوذ بالله من أربع: من عذاب جهنم، ومن عذاب القبر، ومن فتنة المحيا والممات، ومن شر المسيح الدجال  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o‘qib bo‘lsa, to‘rtta narsadan panoh so‘rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning yomonligidan», deb aytdilar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:12 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar