Savdodagi yolg‘onning ta’siri

Assalomu alaykum! Savdo-sotiq masalasi xususida bir narsaga oydinlik kiritmoqchi edim. Savolim shuki, olib kelgan yoki ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringizni qo‘l ostingizdagi savdo nuqtalaridagi savdo qiluvchi kishilar o‘zi bilmagan ma’lumotlarni qo‘shib, (falon joyniki, falon texnologiya asosida chiqadi kabilar bilan) o‘sha mahsulotlarni xaridorga maqtab sotsa-yu, ulardan kelgan daromad tushum shu biznes egasiga va shu korxonada faoliyat yuritayotgan boshqa xodimlarga halol bo‘ladimi? Yoki boshqa ish qidirish kerakmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat. Alloh manfaatli ilm va ilmingizga barokatlar bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa ish qidirmay, ularni yolg‘on gapirmaslikka majbur qilish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar