Sheriklik biznes

Assalomu alaykum! Ustozlar bir masala bo‘yicha savolim bor edi. Men chet elda yashayman, bu erga kelganimda o‘rtog‘larim bilan pul tashlashib biznes sotib olgan edik. Menda 50% ikkita sherigimda 25% dan ulushi bor. 3 ta sherik kelishuvimiza bo‘yicha bittamiza biznesni boshqarishni bo‘ynimizaga olgan edik. Sababi birovni boshqaruvga qo‘ysak unga oylik to‘lash keraq va u odam biz xoxlagandek boshqarishiga ko‘zimiza etmagan edi. Shu sabablik ichimiza bittamiz boshqarib usha joyda ishlashni zimamizga olgan edik. Yaqinda sheriklarimizadan biri O‘zbekistonga borganida bir domla bilan suhbatlashib qolganida, domla unga etibdi usha biznesni boshqaryotkan sherik oylik olishga xaqi yo‘q debdi. Biz ishlagan odam oylik oladi deb kelishgan edik. Shu masala bo‘yicha savolim quydadicha. Sherikchilikga olingan biznesda sheriklardan bir oylik olib shu biznesda ishlashi noto‘g‘rimi? U domlani gapi bo‘yicha ishlagan sherik foydadan sal ko‘proq ulush olsa bo‘lar ekan, oylik olib bo‘lmas ekan. Shu masala bo‘yicha maslahatingiz kerak edi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning echimi juda oson. O‘sha oylikka ishlayotgan sherik o‘zi ishlovchi bo‘lmasdan avval bu ishni ayolim bajaradi deb ayoli ishlashga kelishadi. Ayol ishlamasdan er uni vakili bo‘lib faoliyat yuritishi mumkin. Qolaversa hozirgi kunda sheriklika alohida oylikka alohida shartnoma tuzishsa joiz degan fatvo berilmoqda. “Shar’iy me’yorlar” nomli kitobda shunday kelgan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 04:15 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar