Taloq berishda ayol eshitishi shartmi?

Assalomu alaykum! Men 2022-yil may oyida bir insondan qarz bo‘lib qoldim, qarz bo‘lgan insonim meni ustimdan ariza yozib IIB ga murojaat qildi. 2022-yil aprel oyida qiz farzandlik bo‘lgan edim, qizim ko‘z oldimdan o‘tib, qarzim tufayli qamalishni istamadim, ilojsizlikdan bir insondan qarzimni to‘lab berishini va men u pullarni albatta qaytarish sharti bilan olishimni aytdim. Shundan so‘ng qarz so‘ragan insonim pulni to‘lab berishini aytib, bir sharti bor "Agar to‘lab berilgan pulni 25-iyun 2022-yil kunigacha bermasam xotinim uch taloq, farzandim oq bo‘lsin" deb aytishim kerakligini aytdi, men ilojsizlikdan ushbu so‘zlarni aytib yozma ravishda xam yozib berdim, ushbu xolatda ikkita xolis guvoh ham ishtirok etdi. Men aytilgan muddatda qilib berolganim yo‘q. Iltimos menga ushbu xolat xukmini tushuntirib bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq tushgan. Vallohu a’lam!

12 Sentabr 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar