Tahorat mukammal bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Man sog‘ligimda muammo borligi sababli tahorat qilyotganimda burun chayishda qiynalaman sababi agar burunga suv tortsam kassaligim tez-tez qaytalanyapti yani shamollab qolyapman gaymarit kasalligim bor bu ayniqsa sovuq kunlarda qo‘zg‘aladi. Burnumga suv kirsa gaymaret kasalligi qaytalanib shamollab qolyapman. Shifokorga borsam o‘zingni ehtiyot qil burningga suv tortma deyapti lekin tahoratda burun chayishda qanday yo‘l tutay? Endi qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Salomatligingizga zarar etmaydigan darajada qiling. Suvni tormasdan burningizni chaying. Zarurat yuzasidan bunga ruxsat bor. Alloh shifoi komil bersin! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar