Qabriston yonidagi uy

Assalomu alaykum! Yaqinda ko‘chib o‘tgan uyimiz (dom)dan ikkita uy (dom) narida marhumlar oromgohi, ya’ni katta qabriston borligini bilib qoldim. Shundan beri qalbimni qandaydir qo‘rquv, xavotir egallab olgan. Xuddiki birorta yomon voqea sodir bo‘ladiganday. Mendagi bu holatni qanday izohlash mumkin? Qandaydir duolarni o‘qib turganim ma’qulmi? Yoki bu holat o‘tkinchimi? Kuni bilan ishda bo‘laman uyda homilador ayolim yolg‘iz qoladi. Iltimos savollarimga to‘liq javob yozsangiz. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mo‘min, yaxshilik ham yomonlik ham Allohdanligiga iymon keltirgan kishidir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:48 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar