Tushunish qiyin bo‘lgan xayollarim

Assalomu alaykum! Tushunish qiyin, anchadan beri xayollarimga shunaqangi narsalar kelyaptiki, Alloh va Uning ishlari umuman bu mavzuga doir barcha narsani gumon ostiga qo‘yib qo‘yvotgande bovoti ichim. Shuncha islomiy narsalar yoki maruzalar eshitsam ham ichimda g‘alati g‘ashlik paydo bo‘laveradi. Qisqasini aytganda islomiy kitoblardan haqni o‘qigan paytim ichim buni darhol gumon ostiga olib uni yolg‘onga chiqaryapti. Xuddi bu narsalar, shariatimiz odamlarni tinchlantirish uchun bir yo‘l aslida u bo‘lmagan narsa deb o‘zidan o‘zi hayolimga, ongimga fikrlar kelyapti. Xatto ba’zida o‘zim haqni guvohi bo‘lsam ham, bir qancha vaqt o‘tib buni yolg‘on bo‘lsa kerak deb o‘zim bilmagan holda gumon qilyapman. Siqilib ketdim, nima deyishimni nima deb o‘ylashimni ham bilmay qoldim. Sizlardan iltimos, hozirgi holatga tushushimga nima sababchi bo‘lyapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson yoshligida miyasiga buzuq fikrlarni kiritib olsa keyin kirgan to‘g‘ri fikrlar ham buzuq fikrlarga aralashib qolaveradi. Buning misoli bir idishdga qon tushib qolsa, ichiga quyilgan toza suvni ham rangini buzavergani kabi. Birorta olim insonning oldiga boring. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:43 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar