Bola qo‘rqqoq bo‘lib qolsa o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Bolam 2yosh, borgan sari bolam judayam qo‘rqoq bo‘lib qolyabti. Odamlarni ko‘rsa xam qo‘rqib qochib keladi. Shuni oldini olish uchun duolar bormi o‘qisak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisdagi duoni o‘qing. عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُعَلِّمُهُمْ مِنَ الْفَزَعِ كَلِمَاتٍ: أُعُيذُ بِكَلِمَاتِ اللهِ التَّامَّةِ مِنْ غَضَبِهِ وَشَرِّ عِبَادِهِ، وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ، وَأَنْ يَحْضُرُونِ. وَكَانَ ابْنُ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ يُعَلِّمُهُنَّ مَنْ عَقَلَ مِنْ بَنِيهِ، وَمَنْ لَمْ يَعْقِلْ كَتَبَهُ فَأَعْلَقَهُ عَلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ وَأَحْمَدُ Amr ibn Shu’aybdan, u otasidan, u bobosi roziyallohu anhumdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga qo‘rquvda o‘qiladigan kalimalarni o‘rgatar edilar:
«U’iizu bikalimaatillahit-taammati min g‘azabihi va sharri ibaadihi va min hamazaatish-shayatiyn. Va an yahzuruuni».
Ibn Umar bularni bolalaridan aqli kirganlariga o‘rgatar, aqli kirmaganlariga yozib, ilib qo‘yar edi».
Abu Dovud, Termiziy, Hokim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Duoning ma’nosi bunday: «Allohning tugal kalimalari ila Uning g‘azabidan, bandalarining yomonligidan va shaytonlarning qalbga soladigan xatarlaridan va ularning menga hozir bo‘lishlaridan panoh so‘rayman». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:47 | Savol-javoblar | 263 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar