Bemehr bo‘lsa
Assalomu alaykum! Men oilada 2 o‘g‘il bir qizmiz singlim turmushga chiqib ketgan men ukam uylanganmiz menda ikkita farzant ukamda bita farzant ota-onam bilan yashaymiz savolim tushinarli bo‘lishi uchun tanishtirvoldim savolim shundaki otam xattoki onam ukamni shunaqa yahshi ko‘rishadiki boshqa farzantlari oldida yashirib ham o‘tirishmaydi menga juda noqulay bo‘ladi ochig‘dan ochig‘ ajiratishadi uy masalasida joy masalasida xattoki ish masalasida xam men Allohdan sabr so‘rab duo qilaman har safar shu holat yuz bersa va payg‘ambarlar tarxiga nazar soldim. Yusuf alayxissalomni otalari Yoqub alayxissalom shunaqa yahshi ko‘rgan ekalar boshqa farzantlarini oldida shunday sezilib turgan ekan. Shuningdek Yusufning okalar hattoki uldirishgacha borishgan ekan ohiri quduqga tashlab ketishgan ekan. Buni o‘qib qalbim sal taskin topadi, Yusufni akalaridek emasmiz Alloh bizga iymonni, islomni berdi. O‘zim farzantli bo‘lgach bildim farzandlar hammasini birdek yaxshi ko‘rish bizni ixtiyorimizdamas ekan. Baribir bittasini qalbdan yaxshi ko‘rilar ekan. Shuni boshqasiga sezdirmasdan yurish kerak to‘g‘rimi? Menga nima maslahat berasizlar maslahatingizga muhtojman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona jannat va uning hazinalarining kaliti. Siz o‘sha kalitga ega bo‘lish harakatida bo‘lavering. Qolganiga zarracha ham parvo qilmang. Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirish joiz emas deganidek, u holat sizni o‘sha hazinadan mahrum bo‘lishingizga sabab bo‘lmasin. Aksincha siz bu Alloh taoloning imtihoni deb bilib, yanada ularni duolarini olishga qattiqroq harakat qilavering va har bir amalingizni evazini Allohdan kuting. Shuncha qilsam ham deb savobingizni habata qilib qo‘ymang. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush