Vitr namozini 2 rakatda tugatish

Assalomu alaykum! Bugun men vitr namozini 2-rakatida fikru hayolim ketib tashahhudni o‘qib bo‘lgach salovotni aytib so‘ng duo qilib salom bilan namozni tugatdim. Shu zahoti nima qilib qo‘ygnimni angladim. Shunday holatda nima qilish kerak? Ikki marta sajda qilib tashahhudni o‘qimasdan 3-rakatga turish to‘g‘rimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holda tez uchinchi rakaatga turib, tugatiladi va sajdai sahv qilinadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:53 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar