Rizq so‘rash

Assalomu alaykum! Meni kasbim haydovchilik yoshim 25da. Oilada hozir ota-onam, opam va men yashaymiz. Opalarimni turmushga berganimizdan so‘ng hamma uy ro‘zg‘or ishlari bemor onamga qoldi. Shuning uchun bu yil meni uylantirishmoqchi. Ammo bo‘ynimizda oz muncha qarzimiz bor. To‘y harajatlari, qarz, onamning davolanish harajatlari uchun astoydil ishlayapman. Men shuning uchun Allohdan har kuni barakali halol rizq so‘rab yo‘lga chiqaman. Har kun 5 mahal namozni qoldirmay o‘qishga harakat qilaman. Allohdan ko‘proq, barakali va halol rizq so‘rash uchun qanday duolarni o‘qishim kerak? Maxsus rizq so‘rash uchun duolar bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘p istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:04 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar