Tabibning ukol-dorisiz davolashi

Assalomu alaykum! Namangan viloyati, Uychi tumani, Soku qishlog‘idagi Tabib namozxon va hoji. Davolash usuli: Erkaklar aloxida bitta lecheniya xonaga o‘n-o‘n besh kishi kirib ko‘rpaga yotiladi va yordamchilari kasal insonni ustiga oq surp tushaydi ustidan ko‘krakka suvener yaltiroq chust pichoq qo‘yadi, boshga esa tasbex qo‘yadi. Tabib kelib har bir kishining chap qo‘lidagi yurak tomirni bir bosib 5 soniya ichida nimalar deb bugun "Licheniya" yoki "Operatsiya" yoki "Perivozka" deb yarim soat qimirlamay yoting deb chiqib ketadi. Boshqa hech qanday duo, ukol dori, giyoh va hech narsa ishlatmaydi, tushlikdan va juma kunidan tashqari har kuni shu holatda deyarli xamma dardni davolarkan. Bu kishini davolash usuli shariyatda mumkinmi? Bemorlar bu davoga ishonish, ixlos qilish Alloh uchun shirkmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik ahmoq bo‘lmaslik kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:37 | Savol-javoblar | 165 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar