E’tiqod haqida
Assalomu alaykum! E’tiqod nima degani? Shuni asl manosini tushintirsangizlar. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! AQOIDNING LUFAVIY VA ISTILOHIY TA’RIFI «Aqiyda» so‘zi «aqd»dan olingan bo‘lib, bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash ma’nosini anglatadi. Jami (ko‘plik shakli) «aqoid» bo‘ladi. Undan maqsad esa mukallaf – balog‘atga etgan oqil kishi e’tiqod qilishi, to‘g‘riligiga iymon keltirishi, Islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib, undan hujjatsiz ajralishi mumkin bo‘lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlarga «aqiyda» deyiladi. Uning jami «aqoid» bo‘ladi. Aqoid ilmining istilohiy ta’rifi: Ilmi kalom ulamolari bu ilmga mavzusiga va bahsining kengligiga qarab turli ta’riflar keltirganlar. Mavzuning va bahsning ahamiyatiga qarab uni turli ismlar bilan ataganlar. O‘quvchiga oson bo‘lishi uchun va ushbu mavzudagi bahs mukammal bo‘lishi uchun ana shu ta’riflardan ba’zilarini keltiramiz. 1. Aqoid ilmi – u bilan tavhid idrok etiladigan va Alloh subhanahu va taoloning zoti va sifati bilinadigan ilmdir. («Ihyou ulumiddin». 1-jild, 14-15-betlar). 2. Aqoid ilmi – u bilan diniy aqiydalarni ularga hujjat keltirgan holda isbot qilishga va ulardan shubhalarni daf qilishga qodir bo‘linadigan ilmdir («At-Tavoli’». Bayzoviy. 4-bet). 3. Jurjoniy o‘zining «Al-Mavoqif»ga qilingan sharhida: «Kalom bir ilmdirki, unda Islom qonuni asosida Alloh taoloning zoti va sifatlari haqida va boshlanish va qaytarilish kabi mumkinotlar ahvoli haqida bahs qilinadi», deydi («Al-Madxal ila dirosati ilmil kalom». 15-bet). 4. Tarixchi va faylasuf Ibn Xaldun o‘zining «Kitobul Ibar»ga yozgan «Muqaddima»sida «ilmul kalom»ni quyidagicha ta’riflaydi: «U bir ilm bo‘lib, aqliy dalillar bilan iymoniy aqiydalar haqida tortishishni va e’tiqodiy narsalarda yo‘ldan ozganlarga raddiya berishni o‘z ichiga olgandir» (400-bet). Bu quruq aqliy dalillarga asoslangan mutaaxxirinlarning (keyingi avlod ulamolarining) ilmi kalomga bergan ta’rifidir. 5. «Aqoid» bir ilmki, unda Alloh taoloning mavjudligi, Unga qanday sifatlarni sobit qilish vojibligi, nima bilan vasf qilinishi joiz ekanligi, U Zotdan nimani nafiy qilish vojibligi, payg‘ambarlar haqida, ularning qanday bo‘lishlari kerakligi, ularga nima nisbat berish joizligi, ularga nimalarni nisbat berish man qilingani haqida baxs yuritiladi (Shayx Muhammad Abduhning «Risolatut-tavhid» kitobi, 4-bet). 6. U ishonchli dalillar orqali diniy aqiydalarni bilishdir (Taftazoniyning «Sharhul Maqosid»idan. 1-jild, 530-bet). 7. U bir ilmki, unda ilohiyot, nubuvvat va boshqa sam’iyotlarga tegishli shar’iy e’tiqodiy hukmlar haqida ularga hujjat keltirish uchun, ulardan shubhalarni ko‘tarish uchun bahs qilinadi («Al-Madxal ila dirosati ilmul Kalom», Doktor Hasan Mahmud Shofe’iy, 16-bet). 8. Ta’riflarning eng jamlovchisi, hamma e’tiqodiy masalalarni o‘z ichiga oluvchisi, tushunish oson va qisqa uslubdagisi Alloma Ali Qorining «Fiqhul Akbar»ga qilingan sharhining takmilasida, 146-sahifada zikr qilingan ta’rifidir: «U bir ilmki, unda e’tiqod qilish lozim bo‘lgan narsalar haqida bahs yuritiladi». Sobiq ta’riflarning barchasi kulliy va juz’iy ravishda mutaaxxirinlarning ilmi kalomiga bog‘liq bo‘lib, mutaqaddiminlar (dastlabki avlod ulamolari) o‘zlarining «Fiqhul Akbar», «Aqiydatut Tahoviya» va shunga o‘xshash kitoblarida keltirgan barcha mavzu va bahslarni o‘z ichiga olmaydi. Taftazoniy o‘zining «Aqoidun Nasafiya»ga qilgan sharhida mutaaxxirinlar va mutaqaddiminlar kalomi orasidagi farqni ravshanlashtirib bergan. Kim batafsil bilishni xohlasa, unga murojaat qilsin. «AQOID» ILMINING MAQSADI VA MAVZUSI 1. Bu ilmning maqsadi – dinga bo‘lgan ishonchni, diniy aqiydalarni qat’iy dalillar ila kuchlantirish va ular to‘g‘risidagi shubhalarni rad qilishdir. 2. Aqiydada taqlidchi bo‘lishdan dalil keltirish va ishonch xosil qilish cho‘qqisiga ko‘tarilishdir. 3. To‘g‘ri yo‘lni izlovchilarga ochiq-oydin haqni bayon qilish bilan yo‘l ko‘rsatish va bo‘yin tovlovchilar ziddiga dalil va hujjatlarni isbot qilish. 4. Din asoslarini botilchilarning shubhalaridan va adashtirishlaridan muhofaza qilish. 5. Bu ilmning asosiy maqsadi esa barcha shar’iy ilmlar kabi «ikki dunyo saodatini hosil qilishdir». Bu ilmning mavzusiga kelsak, zarurat yuzasidan, o‘z-o‘zidan izlab topib yoki dalil axtarib e’tiqod qilish lozim bo‘lgan ishlardir. Chunki bu ilmda o‘sha ishlarning barchasi haqida bahs yuritiladi. Bu ushbu fan arboblari uchun sir emas. (“Aqiydatut-tahoviya sharhining talhiysi” kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 207 | Aqiyda