Savob uchun borarmish
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Bir tanishim faqat Juma kuni namoz o‘qishga boradi qolgan kunlari bir mahal ham namoz o‘qimaydi. Aroqni kanda qilmay ichadi, ayollarga suyagi yo‘q, lekin har juma kuni namoz o‘qishga masjidga boradi. Men unga “bu nima qilganing, sen namozni ham o‘yin qilib gunohga botayapsan” desam, u “jamoat bilan namoz o‘qishni savobi ko‘p bo‘larkan, men savob uchun boraman. Zora qiladigan gunohlarimni shu savoblar bilan engillashtirsam” deydi. Shu ishi to‘g‘rimi? Juma kuni namozga borib, boshqa kunlarda xohlagan ishini qilib yuroversa o‘qigan namozini foydasi bormi? Shunga o‘xshash odamlar judayam ko‘payib ketgan, o‘zicha faqat juma kuni namozga boradida, boshqa kunlari bilgan ishini qilib yuraveradi. guyoki bir xaftalik gunoxlarini Juma kuni namozga borib yuvib kelishadi. Mumkin bo‘lsa yana bir savolimga javob bersangiz segaret cheksa odamni tahorati buziladimi? Javob uchun olindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasi 208-oyatida :
Ey iymon keltirganlar! Islomga to‘lig‘icha kiring va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
Ma’lumki, «Islom» so‘zi «Allohga bo‘ysunish» ma’nosini bildiradi. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi «Allohga butun borlig‘ingiz ila bo‘ysuning», degani bo‘ladi. Ya’ni Allohga bo‘ysunish to‘laligicha bo‘lsin. Tili bilan bo‘ysunib, dili bilan bo‘ysunmasdan yoki badani bilan bo‘ysunmasdan qolish kerak emas. Xullasi kalom, bo‘ysunish to‘laligicha, hamma tomondan bo‘lishi kerak.
«Islom» so‘zining ma’nolaridan yana biri – «tinchlik»dir. U holda oyatning umumiy ma’nosi «Tinchlikka to‘lig‘icha kiring», degani bo‘ladi. Tinchlikka to‘lig‘icha kirish esa Islomni tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Islomda tinchlik inson qalbining tinchligidan boshlanadi. Faqat banda va Parvardigor, borliq va oxirat haqidagi Islom aqiydalarigina har bir inson qalbiga tinchlikni solishi mumkin. So‘ngra qalbdagi bu tinchlik oilaga ko‘chadi. Islom oila tinchligi uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ishga soladi. Oilalardagi tinchlik qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘lar orasiga ko‘chadi. Islomda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar bilan tinch yashashning yo‘l-yo‘riqlari batafsil ko‘rsatib qo‘yilgan. So‘ngra bu tinchlik jamiyatga o‘tadi. Islomda har bir jamiyat o‘zaro tinchlikda yashash uchun nimalar qilishi lozimligi ham belgilab qo‘yilgan. Davlat miqyosida tinch yashashga esa qalb tinch, oila tinch, qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ tinch, jamiyat tinch bo‘lganda erishiladi. Islomda davlat bilan fuqarolar orasidagi tinch-totuvlik asoslari ham, davlatlararo tinch-totuvlik yo‘l-yo‘riqlari ham mukammal yo‘lga qo‘yilgan. Oxiri kelib, Islom ko‘zlagan tinchlikda butun dunyo tinchligiga erishiladi. Unda barcha qalblar tinch, oilalar tinch, qo‘ni-qo‘shnilar tinch, qarindosh-urug‘lar tinch, jamiyatlar tinch, davlatlar tinch, hayvonot, nabotot va butun borliq tinch bo‘ladi, inshaalloh.
«Islom»ning mashhur ma’nolaridan biri Alloh Muhammad alayhissalomga nozil qilgan dindir. Bu holatda oyatning umumiy ma’nosi – «Islom diniga to‘lig‘icha kiring» bo‘ladi. Islom insonning hayotini to‘lig‘icha qamrab olgan dindir. Insonning onadan tug‘ilib, qabrga kirgungacha bo‘lgan davrdagi har bir nafasi va harakati Islomning ixotasi doirasidadir. Islomga to‘lig‘icha kirish oraliq davrda, ya’ni butun hayot davomida butunligicha musulmoncha yashash, demakdir. Insonning tug‘ilishidan tortib, to ozuqalanishi, tarbiyalanishi, voyaga etishi musulmoncha bo‘lishi kerak. Balog‘at yoshiga etganda, din taklif qilgan barcha narsalarga to‘liq amal qilishi lozim. Inson o‘zining shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy va yana hayotining boshqa sohalarida Islomga amal qilgandagina, Islom buyurgan hamma narsaga yurib, u qaytargan hamma narsadan qaytgandagina unga to‘liq kirgan bo‘ladi. Shundagina baxt-saodatga erishadi. Bugun xalqimiz orasida ko‘plarimiz nima qilyapmiz? Nomlarimizga, nasl-nasabimizga qaralsa, hamma musulmon. Kimligi surishtirilsa, «Men musulmonman», deydi-yu, ammo o‘zi g‘ayri muslimlarning ishini qilib yuradi. Yana: «Nimaga musulmon bo‘lsak ham, ishimiz yurishmayapti?» – deya noliydi. Dinga, Allohga tuhmat qiladi. Ko‘rayotgan ko‘rgiliklari o‘zi musulmon bo‘la turib, Islomda yashamayotganining oqibati ekanini xayoliga ham keltirmaydi. Holbuki, ayb o‘zida. Boshiga tushgan omadsizliklarni Islomdan ko‘rishga hech bir musulmonning haqqi yo‘q. Islom bir-birini to‘ldirib keluvchi turli ta’limotlar va amallarning majmuasidir. Namoz o‘qib turib, zakotni inkor qilsa bo‘lmaydi. Aqiydani musulmoncha qilib turib, oilada xristiancha yashasa bo‘lmaydi. Hamma-hammasi musulmoncha bo‘lishi kerak.
Oyatning oxiri Islomdan boshqa yo‘lga yurish shaytonning izidan ergashishdan boshqa narsa emasligini va u ochiq dushman ekanini ta’kidlayapti:
«…va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir».
Demak, Islomga to‘laligicha kirilmaganda, shaytonning izidan ergashilgan bo‘lar ekan.( “Tafsiri Hilol” kitobidan).
Ulamolar Islomni besh qismga bo‘lganlar.
1-e’tiqod. Ya’ni kishi mo‘min bo‘lishi uchun nimalarga e’tiqod qilish kerak va Islom doirasidan chiqib ketmaslik uchun nimalardan saqlanish kerak.
2-ibodatlar. Ya’ni namoz, ro‘za kabilar
3-muomolat. Har bir kishining kasb-xunar qilishi.
4-muosharot. Ijtimoiy muomalalar.
5-xulq. Musulmon kishi qanday xulqqa ega bo‘lib, qandaylardan xalos bo‘lishi kerak. Ba’zi odamlar bu besh qismni ba’zilariga to‘liq amal qilib, qolganlari ham Islomdan ekanligini unutib qo‘ymoqdalar. Natijada ularning bu ishlari Islomga ta’na toshlarini otilishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun yuqoridagi besh qismning hammasini yaxshi o‘rganib, imkon qadar amal qilishga harkat qilinsa in shaa Alloh Islomga to‘liq kirganlar safida bo‘ladi. Ba’zisiga amal qilib ba’zisini tark qiladigan odamlar Islomni yomon otliq bo‘lishiga, “E namozxonlaring shu bo‘lsa, namoz o‘qimayman” deguvchilarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:07 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar