Ayol xo‘rlanganda

Assalomu alaykum! Xar kim o‘z boshidan o‘tkizganini azobini o‘zi tortadi. Turmushdan qaytib kelganimgami katta akam negadir doim qo‘pol muomala qiladi. Bizikiga kelsa xam (onamni uyida yashayman) nuqul menga dilim og‘ridigan gaplar aytadi. Xatto bazida (98 yil qizi bor) qizini mendan a’lo deb ochiq oydin gapiradi. 6 yildan beri baxtim ochilmadi, albatta bu Allohni vaqti soatiga bog‘lik U qachon istasa o‘shanda turmushga chiqish nasib qiladi mengayam. Buning uchun doim duodaman. Shu vaqtgacha akalarim yuzini erga qaratadigan ish qilmadim. Yaxshi bo‘lganingda allaqachon er olardi, sen xam Zamira amma kabi yolg‘iz (turmushga chiqmastan jiyanlari uchun yolg‘iz o‘tib ketgan bir qarindoshimiz bor) o‘tib ketasan degan gaplar gapiradi. Xar qancha kechirishga urinsam xam dilim og‘riyapti kechirolmayapman. Onam akang u xafa bo‘lma Xudoga solma qizidan tortib qolmasin deydiyu, ammo nima qilay ichim og‘rib yig‘layman. Ba’zida yuragimdan o‘tib ketganda Xudoga soldim deb xam yuboryapman. Yana nomozlarimda Xudodan qo‘rqib kechirdim deyman. Xatto ish qilib yurganimda “xa itni bolasi” deb xam xaqorat qiladi. Xayronman shu akammi ishi yurishmay pulsiz qolsa bizda, menda nima ayb? Nega alamini meni dilimni og‘ritishdan oladi? Nima qilay kechirishni xam gaplaridan xafa bo‘lmaslikni xam bilmayapman. Men bu bilan akamni oxirat azobiga qoldiryapmanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqorat eshitgan vaqtingizda mazluma hisoblanasiz va o‘sha vaqtda qilingan duolar ijobat bo‘ladi. Siz o‘sha fursatdan foydalanib akangizni duoibad qilishni o‘rniga ichingizdagi eng orzu qilgan narsalaringizni so‘rab duo qilib qoling. Valiy zotlarga kimdir shu kabi qo‘pollik qilishsa tezdan o‘sha maqsadlarini so‘rab duo qilishga o‘tishar ekan. Yonlarida buni ko‘rgan insonlar “Aqlingiz bormi, bu sizga zulm qilib turibdiku siz bo‘lsangiz duoibad qilish o‘rniga nimalarni so‘rab o‘tiribsiz” deyishsa, “Bu shu zulmi bilan meni duosi mustajob darajasiga chiqarib qo‘ysayu, men uni duoibad qilamanmi. Aksincha shu fursatdan foydalanib qolishga shoshilishim kerak” der ekanlar. Allohni taniganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Mazlumni duosi ijobat” deb aytganlarini mag‘zini bilganlar va bu fursatni g‘animat deb biladilar. Alloh taolo O‘zining eng suyukli bandalarini Qur’oni karimda zikr qilib:  الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ۝134. Ular engillikda ham, qiyinchilikda ham nafaqa qiladiganlar, achchig‘ini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir – deb marhamat qilgan. (“Oli Imron” surasi). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar