Yolg‘on

Assalomu aleykum ustoz. Olloh umringiz va ilmingizni bundanda zayoda qilsin. Sizga bir savol bilan murojat qilmoqchi edim. Men qo‘l telefonlarini to‘g‘irlash bilan shug‘ullanaman. Bugun bir odam keldi telefoni buzilgan xolda. Narxini kelishdik va telefon to‘g‘irlanadigan bo‘ldi. Lekin shu ish davomida telefonni tashqi ko‘rinishiga ziyon etib qoldi. Oqibatta o‘sha qismini almashtirishga to‘g‘ri keldi va almashtirdim. Lekin yangi qo‘yilgani nisbatan ajralib qoldi. telefonni egasi bu o‘zimmikimi deb so‘raganda bilmasdan xa deb javob bervordim. Lekin buni xoxlamagandim. kelishilgan pulni berib telefonni olib ketti. qilgan ishim noto‘g‘ri ekanligini bilardim va afsus qildim. Undan olgan pulimni bir tiyiniga ham tegmasdan ajratib qo‘ydim. Bu ishdan moddiy tomondan ziyon qildim ammo undan olganimni xazm qila olmasdim. Bu pulga xozirgi kunda muxtoj bo‘lgan odam bor edi va shu pulni olib kelib u odamga bu menda qolgan birovning xaqi, o‘shani nomidan, savobi unga borsin deb berib yubordim. Shu eng to‘g‘ri yo‘l deb xisobladim. Siz bunga nima deysiz ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- U pul tuzutganingiz uchunku! O‘zingiz buzgan joyini tuzatishni qo‘shgansiz.

7 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar