Ajrashganda bola nafaqasi
Assalomu alaykum! Uch yil oldin ajrashganman. Oldingi turmushimdan bir nafar qizim bor, xozir 4 yoshda, ajrashganimizda farzand uchun deb, sobiq ayolimga mashinani qoldirganman. Uch yoshgacha bola ta’minotini qildim. Xozir qizimning onasi bolaga xar oyda pul (nafaqa) to‘lab turishimni so‘ramoqda. Shariat bo‘yicha men bolaga xar oyda nafaqa to‘lab borishga majburmanmi, agarda shunday bo‘lsa qachongacha majburman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzandning nafaqasi otaning zimmasidagi vojibdir. Nafaqaga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, ta’lim hamda farzand uchun zaruriy bo‘lgan barcha harajatlar kiradi. Uning miqdori shu ehtiyojlarga yarasha bo‘lishi lozim. O‘g‘il farzandni to balog‘atga etgunicha, qiz farzandni esa turmushga chiqqunicha nafaqa bilan ta’minlash otaning zimmasidadir. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush