Sherikning xissasi

Assalomu alaykum Ustoz. Amallaringizdan Alloh rozi bo‘lsin! Ustoz, men student bo‘lganligim sababli bir xonada sherigim bilan birga turamiz. Birodarim ham iymonli bola. Lekin topadigan puli ozgina shubxali (ko‘proq xarom tomonda desa ham bo‘ladi. Chunki ishida yolg‘on gapirmasa bo‘lmaydi. Yani chet elda bo‘lganligimiz sababli o‘qituvchilik qiladi. Bu erda o‘qituvchilik qilish uchun esa ingilis tilida gapiradigan davlatlardan bo‘lish kerak ekan. Shuning uchun o‘zini boshqa davlatdan deb tanishtirgan. Lekin ingilis tilisi juda ham yaxshi!). Shuning uchun menda bazi bir savollar bor edi.1. Sherigim bilan har bir narsa o‘rtada olinadi. Endi shu narsa men uchun halolmi? Yani bazida oyning ohirida hisob kitob qilinadi. Bu degani bazi bir kunlari u bozorlik qilib kelsa, boshqa kuni men qilib kelaman. Va oyning oxirida hamma harajatlar aytilib hisob-kitob qiliniladi.2. Bu o‘rinda men unga maslahat qilishim qanday amal (vojibmi, sunnatmi)? Bu ozgina men uchun noqulay. Chunki meni yoshim ularnikidan kichkina va chet elga endi keldim.Oldindan rahmat, Ustoz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yolg‘on gapirishmasin.

7 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar