Ro‘zador bo‘lish va namoz vaqti

Assalomu alaykum! Qur’onda Maryam surasida gapirmaslik ro‘zasi xaqida aytiladi. Shu xaqida biror xadis bormi? 2). Xozirgi kunda namoz vaqti xar xafta yangilanyapti. 1-2 safar xaftani boshida ko‘yilgan vaqt, xaftaning oxiriga borib to‘g‘ri kelmayapti (quyosh botmayapti). Agar namozni vaqtga qarab o‘qiyversak kimning bo‘ynida bo‘ladi? 3). Peshin namoz 13:00da. Lekin, ishxonalarda xam tushlik 13:00da. Biz (ko‘pchilik) tushlikdan keyin namozimizni o‘qib olamiz, taxminan 13:40larda. Bu vaqtga kelib quyosh bir jism o‘zining soyasiga ikki barobar kelarchalik botib qolar ekan. Namozimiz qazo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shariatimizda sukut qilish ro‘zasi yo‘q. 2). Bilib turib o‘sha xatoni qiluvchilarni zimmasida bo‘ladi. Alloh har bir insonga aql, ko‘z kabi narsalarni bergan. Ishlatmaganligimiz uchun javobgar ham bo‘lamiz. 3). Bizning yurtimizda bo‘lsangiz qazo bo‘lmaydi.  Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar