Namoz o‘qib bo‘lmaydigan vaqtlar
Bilamizki quyosh chiqayotgan, tik kelgan va botayotgan paytlarda namoz o‘qib bo‘lmaydi. lekin yaqinda do‘stlarim aytishdiki asr namozini quoysh botayotgan paytda ham o‘qisa bo‘laveradi makruh bo‘ladi qazo qilgandan ko‘ra asrni o‘qish kerak deyishdi. Men Hadis va Hayotning 5 -juzida bunday paytda namoz o‘qib bo‘lmaydi degan ma’noda gaplar o‘qiganman. Shularga oydinlik kiritib bersangiz iltimos.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim quyosh chiqishidan oldin Bomdoddan bir rakatni topsa, batahqiq, Bomdodni topibdur. Kim quyosh botishidan oldin Asrdan bir rakat topsa, batahqiq, Asrni topibdir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foyida va hukm ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.Bir odam uzr tufayli bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o‘qib qolsa, quyosh chiqsa ham ikkinchi rakatini o‘qiyveradi. Va namozi vaqtida o‘qilgan namoz hisoblanadi. Qazo bo‘lmaydi.Shuningdek, bir kishi kech qolib, asrning bir rakatini o‘qiganidan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom ettirib o‘qiyveradi. Namoz tugal bo‘ladi. (Iqtibos tugadi.)Bu masalani fiqh kitoblarimizda quyidagicha bayon qilinadi:Quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o‘qish joiz emas. Bu hukmning dalili quyidagicha.Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sallollohu alayhi vasallam bizlarni uch soatda namoz o‘qishdan va o‘lganlarimizni qabrga qo‘yishdan nahiy qilar edilar; Quyosh chiqayotganda hatto ko‘tarilib bo‘lguncha. Qiyomdagi issiq vaqtda va quyosh botishga yo‘llanib to botib bo‘lguncha».Buxoriydan boshqalar rivoyat qilgan. Illo o‘sha kunning Asri bundan mustasno.Uni quyosh botayotganda ham o‘qisa bo‘ladi. Kechga qoldirishi gunoh, ammo namozi namoz bo‘laveradi.Ammo bir odam Bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rak’atini o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqib qolsa, namozi buziladi.Shuningdek, bir kishi kech qolib Asrning bir rak’atini o‘qigandan keyin quyosh botib qolsa namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom etdirib o‘qiyveradi. Namoz tugal bo‘ladi.
29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 150 | Namoz