Farzandni ikki yildan ko‘p emizish
Assalomu alaykum! Ona farzandini 2 yildan ortiq, ya’ni 2 yilu 3 oy emizib qo‘ysa er-xotin o‘rtasidagi nikoh buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Emizib qo‘ysa nikoh buzilmaydi. Emizish ba’zi imomlarning nazdida ikki yil, ba’zilarining nazdida ikki yarim yil. Ikki yil deganda shamsiy yilni hisoblamay qamariy yilni hisobga olish kerak. Shunda ikki yil qamariy yil bilan shamsiy yildan 20-21 kun kam bo‘ladi. Emizish muddatidan keyin ham emizish shar’an joiz emas. Onaning suti xuddi qo‘l-oyoq kabi uning bir bo‘lagi hisoblanib, undan keyin emizish bolaga harom hisoblanadi. Bola emsa harom luqma egan darajada bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush