QAYTA AZON AYTISh

Assalomu alaykum xurmatli ustozlar! Ko‘p savol berayotganim uchun uzr, lekin qanchalik Allox buyurgandek bo‘lishga xarakat qilganiz sayin savollar ko‘payaverar ekan. Bu savolimga aniq javobni izlash xizmatidan topa olmaganim uchun sizlarga murojat qilayabman. Alloxga shukur 2014-yilda menga farzand ato etdi. Uyga kelgandan so‘ng o‘ng qulog‘iga azon aytibmanku lekin chap qulog‘iga takbir aytganidim yo‘qmi shuni aniq eslay olmayabman. Bu xolatda men nima qilishim kerak iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating. Agar qayta azon va takbir aytishim joiz bo‘lsa azonni namozga aytgandek baland ovozda aytishim kerakmi yoki bolani o‘ziga eshtiladigan qilib aytsam bo‘ladimi? Men past ovozda aytgan edim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
Chap qulog‘iga takbir aytsangiz kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:32 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar