Omonatlik xaqida xadis

Assalomu alaykum! Men bir necha yil avval o‘qigan edim, ikki olam sarvari shunday degandilar "Biror bir qavm o‘rtasida aytilgan gap o‘sha qavm uchun omonatdir" Termiziydan kelgan. Agar imkoni bo‘lsa shu hadisni arabchasi va tarjimasini ko‘rsatsangiz, xozir shubxalanib qolganman arabchasini va tarjimasini aytgani noto‘g‘ri aytib qo‘ymayin deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! حديث جابر بن عبد الله -رَضِيَ الله عَنْهُمَا- عن النبي صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال: المجالس بالأمانة رواه أبو داود الحسن البصري رحمه الله قال:  إنما تُجالسوننا بالأمانة، كأنَّكم تظنُّون أنَّ الخِيانة ليست إلاَّ في الدِّينار والدِّرهم، إنَّ الخيانة أشدَّ الخيانة أنْ يُجالسنا الرجل، فنطمئن إلى جانبه، ثم ينطلق فيسعى بنا Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Majlislar omonatdir. Sizlar majlisimizda omonat bilan o‘tirasizlar. Sizlar xiyonat qilish faqat tillo va kumushda bo‘ladi deb o‘ylaysizlarmi? Xiyonatning eng qattig‘i kimdir biz bilan hammajlis bo‘ladi, biz unga ishonamiz, u esa chiqib bizni sirlarimizni fosh qiladi”.  Vallohu a’lam!

7 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar