Ijarada turib zakot berish

Assalomu alaykum! Bugungi kunda mening shaxsiy uy-joyim bo‘lmaganligi sababli oilam bilan ijarada turaman. Lekin, mening molim nisobga etgan. Menga zakot berish farz bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz bo‘ladi. Ba’zi odamlarni yuz minglab dollarini tijoratda aylantirib, o‘zlari uy olmasdan ijarada turishadi. Undaylar boy hisoblanib, zakot farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 158 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar