Hunmi yoki me’ros
Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum! Muhtaram hazrat.Sizga ma‘lumki bundan rosa bir yil oldin iyun oyida O‘sh va Jalol-obodda halqimiz og‘ir sinovli kinlarni boshidan o‘tkazdi.Begunoh insonlar dinu-diyonat,vatan,mahalla,ahli-ayoli himoyasida Inshaalloh, shahidlik maqomida yaqinlarimiz halok bo‘lgan edi.SHu kunlarda hukumat iyun fojealarida halok bo‘lgan marhumlarning oilasiga 1 million q‘irg‘iz somiga(AQSH dollariga taqriban 22 000 $ ni tuzadi) tavon puli bermoqda.Bu mablag‘ni hukumat halok bo‘lgan insonni avvalo ayoliga,bolalariga,agarda oilasi bo‘lmasa ota-ona va yaqinlariga bermoqda.Berilgan mablag‘ ayoliga hunmi yoki me‘ros? Berilgan mablag‘ni ayoli tasarruf qilishga undan boshqa kishini haddi yo‘qmi.Beva ayol hohlasa uni e‘htiyojiga ishlatadi,uy oladi,yoki bo‘lmasa ba‘zi qismini hayri ishlarga ehson qilishi mumkinmi.Bu mablag‘dan marhumning ota-onasi,yaqinlari ham undan ulush oladimi?Bu masala hozir bizlarda to‘g‘ri ma‘noda ko‘pchilikni qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. SHu masalada shariatimiz ko‘rsatmalari asosida aytib bersangiz iltimos? Tashakkur va e‘htirom ila,O‘sh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar o‘lgan odam uchun alohida berilayotgan bo‘lsa, meros o‘rnida bo‘ladi. Uni merosni qanday taqsimlansa, shunday taqsimlanadi.
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar o‘lgan odam uchun alohida berilayotgan bo‘lsa, meros o‘rnida bo‘ladi. Uni merosni qanday taqsimlansa, shunday taqsimlanadi.
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat