Islomda bunday duolar bormi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qaynanam erimga ishlari yurishishi uchun ishxonalariga qo‘yishlari uchun va uyimizga osib qo‘yishga “Qaxri qul” va “Kimyoyi saodat», «Xaft alxamdu»,…. kabi duolar yozilgan qog‘ozchalarni osib qo‘yish uchun Buxorodan esdalik deb olib kelib berdilar. Ularni uylarizga osib qo‘ying dedi. To‘g‘risi shubxalandim, islomda bor duolarmikin yoki shirk va folbinlar duosimikin deb. Iltimos maslaxat bering ularni nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hojatni hamma narsaga qodir bo‘lgan Allohdan so‘rash kerak. “Baqara” surasida Alloh taolo marhamat qiladi: وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِي وَلْيُؤْمِنُواْ بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ 186. Qachon bandalarim sendan Men haqimda so‘rasalar, bas, albatta, Men yaqindirman. Duo qiluvchi Menga duo qilganda, duosini ijobat qilurman. Bas, Menga ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar. Shoyadki, to‘g‘ri yo‘lni topsalar. Ularni suvga oqizsangiz ham yoqib yuborsangiz ham bo‘ladi. Kanalizatsiyaga tashlamasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 143 | Duolar