Tarix ilmi hususida

Assalomu alaykum hazrat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Men sizni bezovta qilmoqchi emas edim. Lekin bir narsani so‘ramasam bo‘lmaydi. Alhamdulilloh musulmonman. Sizdan tarix ilmini o‘rganish hususida so‘ramoqchi edim. Men tarihni o‘rgansam kimnidir g‘iybat qilgan bo‘lamanmi. Men 2008 yili ba‘zi mullavachchalarning gapiga kirib tahslagan edim. Lekin sizning Injillar tarixini gapirganingizda sizning qadimgi Rim tarixidan ham habardor ekanligingizni bilib qoldim. Undan keyin hozir har jil din dushmanlari tomonidan shunday savollar yoki gaplar aytiladiki ularga javob yoki raddiya berishingiz uchun tarixni bilmasangiz bo‘lmaydi. Sizning Tarixni qaytadan yozish hususidagi fikrlaringizni o‘qib qolgan edim. Fikrimiz bir joydan chiqqan edi. Siz meni tarixni o‘rganishimga ilhomlantirasizmi yaki qaytarasizmi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tarix ilmini o‘rganish mumkin emas degan gapni birinchi marta eshitmoqdaman. Bu ilmni o‘rganish kerak. Musulmon ulamolar tarixni o‘rgangan odamning umri uzayadi, deganlar. Ya’ni, o‘zi yashayotgan davrdan oldingi davrni ham bilgani uchun. Barcha diniy o‘quv yurtlarimizda tarix darslari bor.

7 May 2022, 08:38 | Savol-javoblar | 158 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar