Spirtning turlari

Assalomu alaykum! Spirtning ishlatilishiga oid savollardan biriga spirtning turlari haqida qo‘yidagicha javob bergansizlar:
Spirt turli narsalardan olinadi. 1-Uzum, hurmo, bug‘doy va asal. Ulardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklar bilittifoq harom bo‘lib, ularni birornarsaga dori vositasida foydalanish ham harom.
2-uzum va hurmodan tayyorlangan. Bu bilittifoq nopok…
3-yuqoridagi uzum va hurmodan boshqa narsalardan olingan spirt masalan bug‘doy, asal. Uning pok va nopokligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar… 2- va 3- turlarda 1- turdagi spirt olinadigan mahsulotlar takroran aytilingan. Shunga tushunmadim. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uzum va hurmodan tayyorlangan ichimliklar ham, tibbiyot uchun chiqarilgan spirtlari ham haromdir. Ikkisidan boshqa bug‘doy, asal, guruch kabilardan tayyorlangan ichimliklar harom hisoblanadi. Lekin ulardan olinadigan tibbiyot spirtiga kelsak, shunda ixtilof bor. Abu Hanifa rahmatullohi alayh “Tibbiyotda ishlatish joiz” deydilar, boshqa ulamolar “joiz emas” deydilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar